Hukumatning “Vazirlar Mahkamasining “Budjet taşkilotlarini mablağ bilan ta'minlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida” 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qaroriga qöşimça kiritiş haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlaridan samarali foydalaniş maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “Budjet taşkilotlarini mablağ bilan ta'minlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida” 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarorining (Özbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 9-son, 51-modda) 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboşi bilan töldirildi:

“Budjet taşkilotlari tomonidan xodimlarning mehnat intizomini buzganligi uçun Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 181-moddasining birinçi qismi 2-bandiga muvofiq qöllanilgan jarimalar budjet taşkilotlarining rivojlantiriş jamğarmasini şakllantiriş manbai bölib hisoblanmaydi hamda jarimalar summasi tegişli budjet daromadiga ötkaziladi. Bu iş haqi xarajatlari Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan budjetdan mablağ oluvçilarga ham tatbiq etiladi".

Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari - moliya vaziri J.Qöçqorov zimmasiga yuklandi.