AQŞdagi eng boy insonlardan birining garajida eng qimmat, noyob va antikvariat avtomobilni topişdi. Öziga xos «vaqt maşinasi»ning egasi modeler va biznesmen Ralf Lorendir. Unga tegişli Bugatti 57SC Atlantic maşinasini rekord narx - 40 mln. dollarga baholaşdi.

Bu modeldagi avtomobillar 1934 yildan 1940 yilga qadar çeklangan miqdorda işlab çiqarilgan. Bugatti kompaniyasi bu turdagi maşinalardan jami 710 dona işlab çiqargan. 57 SC indeksli model esa maxsus buyurtmaga köra yasalgan va odatdagi modellarning «pasaytirilgan» talqinidir.

Modeldagi «S» indeksi dvigatel kuçini 210 ot kuçigaça kötara oladigan kompressor sozlanişiga işora qiladi. Avtomobil kuzovining butun panellari maxsus magniy-alyuminiyli quymadan yasalgan. Bu modeldagi avtomobillardan ikki dona qolgan xolos – ularning uçinçisi AQŞda sodir bölgan temir yöl halokatida yöqolgan.

Ma'lumot uçun, zamonaviy avtomobillar içida eng qimmati (yanvar oyi holatiga köra) – bu Lamborghini kompaniyasining Veneno Roadster superkari hisoblanadi. Uşbu avtomobil 4,5 mln. dollar turadi.