Freedom House inson huquqlarini himoya qiliş xalqaro taşkiloti «Freedom in the world 2019» («2019 yilda dunyodagi erkinlik») nomli hisobotni e'lon qildi.

Hisobot dunyoning 195 mamlakatidagi vaziyatni qiyosiy tahlil qilişni öz içiga oladi. Ulardan 86tasi (44%) erkin, 59tasi (30%) qisman erkin, 50tasi esa (26%) erkin bölmagan, deb tan olindi.

Umuman olganda, hisobotda taşkilot dunyodagi global erkinlikni salbiy baholagan. Ekspertlarning fikriça, ötgan yil mobaynida jahonning 68 mamlakatida demokratiya va söz erkinligi bilan boğliq vaziyat yomonlaşdi, bu holat faqatgina 50ta davlatda yaxşilandi.

Freedom House’ning ta'kidlaşiça, global pasayiş 13 yildan beri davom etmoqda. Ötgan yil mobaynida markaz erkin saylovlar va migrantlarning huquqlari bilan boğliq vaziyat sezilarli darajada yomonlaşganini qayd etdi.

Şu bilan birga, ijobiy özgarişlar hukumatlari xalqning erkinlikka intiliş istagiga quloq solişga majbur bölgan qator mamlakatlarda qayd etilgan. Ötgan yili Angola, Armaniston, Efiopiya va Malayziyada tegişli jarayonlar sodir böldi.

Sobiq SSSR davlatlaridan qisman erkinlar orasida Armaniston, Gruziya, Qirğiziston, Moldova va Ukraina qayd etilgan bölsa, Ozarboyjon, Belarus, Qozoğiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston erkin bölmagan davlatlar röyxatiga kiritildi.

Freedom House Yevrosiyo mintaqasidagi sezilarli özgarişlardan biri sifatida Özbekistonda vaziyat yaxşilanganini ta'kidlagan.

«Bu mamlakat erkin bölmagan bölib qolmoqda va hatto eng yomon röyxatdan çiqmayapti, biroq qatorasiga ikki yildan beri u yerdagi vaziyat yaxşilanmoqda, hukumat siyosiy mahbuslarni ozod etişni davom ettirmoqda va nodavlat taşkilotlar faoliyatiga çeklovlarni yumşatmoqda», - deyiladi hujjatda.