Freedom House xalqaro nodavlat inson huquqlari taşkiloti internet erkinligi böyiça navbatdagi hisobotini (.pdf) taqdim etdi. Unga köra, dunyoda internetdagi erkinlik darajasi ketma-ket 15 yil pasaymoqda, Markaziy Osiyo mamlakatlari esa reytingda hamon «qisman erkin» va «erkin bölmagan» toifada qolmoqda.

Mintaqada Qirğiziston 100 balldan 47 ball töplab, «qisman erkin» internetga ega davlatlar qatoriga kiritilgan.

Qayd etilişiça, Qirğizistonda erkin onlayn muhitga kiriş bilan boğliq muammolar saqlanib qolmoqda. Ekspertlar saytlar va ijtimoiy tarmoqlarning vaqti-vaqti bilan bloklanişi, mustaqil ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalarga bosim ötkazilişi, davlat organlari tomonidan nazoratning kuçaytirilişi, şuningdek, jurnalistlar va faollar uçun jinoiy javobgarlikka tortiş xavfi mavjudligini ta’kidlamoqda. Konstitutsiyaviy özgarişlardan söng siyosiy hokimiyat tobora köproq ijro etuvçi tuzilmalar qölida töplanib borayotgani, bu esa demokratiya darajasiga salbiy ta’sir körsatayotgani alohida ta’kidlangan.

Qozoğiston erkin bölmagan onlayn muhitga ega davlat sifatida 37 ball oldi. Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston ham erkin internetdan foydalaniş imkoniyati çeklangan davlatlar toifasiga kiritildi.

Freedom House eslatişiça, axborotdan foydalaniş va foydalanuvçilarning himoyalanganligi demokratik jarayonlarni rivojlantirişning asosiy omillaridir. Taşkilotning fikriça, Qirğiziston bloklaş amaliyotini qisqartirişi, söz erkinligi böyiça işlarni körib çiqişda sudlarning mustaqilligini ta’minlaşi, internet qonunçiligini qayta körib çiqişi va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaşi kerak.

Freedom House hisoboti 70 mamlakatda internet erkinligi bilan boğliq vaziyatni baholaydi va raqamli huquqlar holatining asosiy xalqaro körsatkiçlaridan biri hisoblanadi.