Markaziy Afrika Respublikasi hukumati Sudan poytaxti Xartum şahrida ötkazilgan ikki haftalik muzokaralardan keyin 14ta qurolli guruh bilan tinçlik kelişuvi tuzdi.
Afrika ittifoqi kelişuv haqida 4 fevral kuni e'lon qilgandi, ammo kelişuv şartlari oçiqlanmagandi.
Markaziy Afrika respublikasi Xalq uyğoniş fronti guruhi vakili ma'um qilişiça, jangarilar amnistiya qilingan, muxolifat vakillari hukumatga kiritilgan.
The Defence Post xabarida qayd etilişiça, bu MARda keyingi 6 yilda tinçlik örnatiş uçun qilingan sakkizinçi urinişdir.
Bu mamlakatda 2012 yildan buyon turli guruhlar örtasida qurolli töqnaşuvlar davom etib kelmoqda, aholining (4,5 million kişi) 20 foizi - qoçqinga aylangan va qöşni davlatlarga ketgan. 2013 yili musulmonlarni birlaştirgan «Seleka» guruhi öşa vaqtdagi prezident Fransua Bozizeni ağdarişgan.
BMT 2014 yilda MARga 12 ming kişidan iborat tinçlikparvar missiyasini kiritgan, ammo tartibsizliklarga çek qöyilmagan. 2017 yil davomida jangarilar tinçlikparvar kuçlarning mingdan ortiq vakilini öldirgan.
Ayni vaqtda hukumat mamlakat hududining atigi 20 foizini nazorat qiladi.













