Prezidentning 2017 yil 29 dekabrdagi «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoyişi hamda Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qaroriga muvofiq, 2018 – 2021 yillarda  Sirdaryo IESi 6 ta energoblogini modernizatsiya qiliş belgilangan. 

“Özbekenergo” AJ matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, şunga köra, hozirda  Sirdaryo IES energobloklarini bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş uçun Rossiyaning “Silovyye maşiny” kompaniyasi bilan hamkorlikda modernizatsiya işlari olib borilmoqda. 

– Energobloklarni modernizatsiya qiliş orqali energobloklarning işlaş davrini yana kamida 20 yilga uzaytiramiz, – deydi, “Özbekenergo” AJ boşqaruvi raisi Uluğbek Mustafoyev. –Şuningdek, energobloklarning mustahkamligi ta'minlanib, har bir energoblokning quvvat oliş imkoniyatini 75 MVt ga oşiramiz va har bir kilovatt işlab çiqargan elektr energiyasi uçun  sarflanayotgan yoqilği sarfini 35-40 gramm tejaşga erişamiz. 2018-2019 yillar birinçi bosqiç ya'ni 3,4-energobloklar, 2019-2020 yillar ikkinçi bosqiç 5,6- energobloklar va 2020-2021 yillar uçinçi bosqiç 9,10 energobloklar modernizatsiya va rekonstruksiya qilinadi.

Uluğbek Mustafoyev
Foto: Özbekenergo Matbuot xizmati

Bundan taşqari, modernizatsiya va rekonstruksiya qilinayotgan energobloklarda nafaqat issiqlik-mexanik va elektr qurilmalari, şu bilan birga energobloklardagi texnologik jarayonlarni avtomatik boşqaruv tizimi ham takomillaştirildi. Energoblokda texnologik jarayonlarni avtomatik boşqaruv tizimini  yanada barqaror işlaşi  va işlaş muddatini uzaytiriş maqsadida zamonaviy, yuqori texnologiyali dasturlaşgan texnologik kompleksga ötiş, ya'ni modernizatsiya qiliş közda tutilgan.

Mazkur dasturlaşgan texnologik kompleks energoblokning barça boşqaruv tizimini avtomatik ravişda öz içiga oladi. Unda avtomatik va masofadan boşqaruv, texnolog-operatorga ma'lumotlarni beriş, avariyali holatlarda ma'lumotlarni saqlaş, diskret va analog ma'lumotlarni saqlaş va işlab çiqiş, texnologik xabar va ma'lumotlarni qayd etiş, avtomatik rostlaş, texnologik himoya va texnologik bloklaş, texnik iqtisodiy körsatkiçlarni hisoblaş hamda mexanizmlarni avtomatik işlatiş kabi bir qator funksiyalar amalga oşiriladi.

Energobloklardagi texnologik jarayonlarni avtomatik boşqaruv tizimida bölgan özgarişlar xodimlar faoliyati tezkorligini oşirib, energoblokdagi har bir jarayonni töliq nazorat qiliş imkonini beradi.