Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanida joylaşgan umumta'lim maktablardan birida işlayotgan öqituvçining (ism-şarifi jurnalistga ma'lum) Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, 2019 yil yanvar uçun maoşlar haligaça tölanmagan. Öqituvçi Telegram'dagi maxsus bot orqali oylik maoşining hisobini tekşirganda, uning 500 ming söm puli uşlab qolingani ma'lum böldi. 

Uşbu faktni Amudaryo xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlaş va taşkil etiş tuman bölimi vakili ham tasdiqladi. 

«Tuman hokimi örinbosari Ma'murjon Temirboyev tomonidan tasdiqlangan rejaga köra, öqituvçilarning oylik maoşidan taxminan 500 ming sömdan kommunal tölovlar uçun uşlab qolinmoqda», — deydi u.

Ammo Kun.uz bilan suhbatlaşgan öqituvçi kommunal tölovlardan qarzdor emasligini ta'kidlagan. Uşbu masalada Amudaryo tuman hokimi örinbosari Ma'murjon Temirboyevning ham munosabatini örgandik. 

«Heç kimning maoşidan majburiy uşlab qolinişiga yöl qöyilmaydi. Bu faqat ixtiyoriylik asosida amalga oşiriladi», — deydi u.

Katta ehtimol bilan, öqituvçilarning ixtiyoriylik asosida maoşidan uşlab qolinişini hujjatlaştirmagan ayrim mutasaddilar aybdorga çiqarilişi kutilmoqda. Tuman MIB bölimi bilan boğlanişning imkoni bölmadi. Ammo Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi vakili vaziyatga tez orada oydinlik kiritişini ma'lum qildi. Şuningdek, uşbu masalaga Xalq ta'limi vazirligi ham e'tibor qaratişini sörab qolamiz.