11:23 / 07.02.2019
9914

Ramos klascikolar rekordchisi bo‘lish arafasida

Foto: REUTERS/Albert Gea

«Real» sardori Serxio Ramos «Barselona»ga qarshi kechgan Ispaniya kubogi yarim finalining ilk uchrashuvida qatnashib, sariq kartochka oldi.

Ushbu bahs Ramos ishtirokida o‘tgan 40-klasciko o‘yini bo‘ldi. U bu borada yakka yetakchilikni qo‘lga kiritish tomon bormoqda: «Real» va «Barselona» to‘qnashuvlarida Serxiodan ko‘proq o‘ynagan uch futbolchi bor – Manola Sanchis (43ta o‘yin), Pako Gento va Xavi (42tadan). Beshinchi o‘rinda 38tadan o‘yin o‘tkazgan Andres Inesta va Lionel Messi bormoqda.

Shuningdek, Ramos kecha «El klacsiko»larda 23-marotaba ogohlantirildi. U bu boradagi o‘z rekordini yaxshilamoqda.

Serxiodan keyingi o‘rindagi Fernando Yyerroning hisobida 20ta sariq kartochka bor.

Mavzuga oid
Top