Qirğizistonda rus tili maqomi özgarişsiz qoladi. Bu haqda Bişkekdagi oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar bilim yurtlari rahbarlari bilan uçraşuvda mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov aytib ötdi.
Jeenbekovning aytişiça, Qirğizistonga köp tilli ta'lim zarur. “Bu konstitutsiyamizda mustahkamlab qöyilgan tamoyildir. Fuqarolarimiz davlat, rasmiy tillarni va dunyo tillaridan yana bittasini bilişi kerak. Barça fuqarolar tomonidan davlat tilining özlaştirilişini davlat darajasidagi masala deb hisoblaymiz”, deb aytgan Qirğiziston prezidenti.
“Qirğizistonda rus tili rasmiy til hisoblanadi. Uning maqomi özgarişsiz qoladi. Bu birinçi navbatda bizning özimizga kerak”, deb qöşimça qilgan Sooronbay Jeenbekov.
Prezidentning ta'kidlaşiça, davlatning kelajagi haqida qayğuruvçi, bolalarga sifatli ta'lim beruvçi, munosib fuqarolarni tarbiyalovçi ta'lim muassasasi avvalambor korrupsiyadan foriğ bölişi lozim.











