Yaponiyaning SoftBank xoldingiga qaraşli Vision Fund jamğarmasi AQŞning Nvidia kompaniyasining öziga tegişli 4,9 foiz aksiyasini sotib yubordi.

Vision Fund AQŞ kompaniyasiga investitsiya kiritişini 2017 yil mayida e'lon qilgan. Bloomberg axborot agentligi manbalari öşanda jamğarma 4,9 foiz aksiyani 4 mlrd dollarga sotib olganini ma'lum qilgan. 

Vision Fund aksiyani örtaça 218 dollardan sotişga muvaffaq bölgan, vaholanki uni 105 dollardan sotib olgan. Şu tariqa yapon xoldingining Nvidia’ga investitsiyalaridan olgan daromadi 3,3 mlrd dollarni taşkil qilgan.

Oxirgi oylar Nvidia aksiyalari narxi arzonlaşmoqda. Kompaniyaning aksiyalari hozirda 2018 yil oktyabrdagi maksimal qiymatga nisbatan deyarli 2 barobarga arzonlaşib, 5 fevralda 149,95 dollar turgan.

Yanvar oxirida Nvidia kompyuter işlab çiqaruvçilari tomonidan grafik protsessorlarga talab pastligi hamda AQŞ va Xitoy örtasidagi tarang munosabatlar sababli çoraklik daromadlari böyiça öz prognozlarini pasaytirgan.