Temir yöl transportida aholiga sifatli xizmat körsatiş eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Yölovçi taşiş borasida yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, şinam va qulay poyezdlar harakatini joriy etiş, jahon standartlariga töla javob beradigan vagonlarni işlab çiqariş bugungi dunyo talablaridan biridir, deb xabar qilmoqda «Özbekiston temir yöllari» axborot xizmati.
Qayd etilişiça, «Toşkent yölovçi vagonlarini quriş va ta'mirlaş zavodi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan yölovçi vagonlarini sifatli va zamonaviy tarzda ta'mirlaş, har tomonlama jahon standartlariga javob beruvçi yangi vagonlarni işlab çiqariş yölga qöyilgan. Şuningdek, bu yerda yölovçi vagonlari tubdan qayta ta'mirlanadi. Içki qismi zamonaviy dizayn asosida bezatiladi. Yölovçilarga qöşimça qulayliklar yaratiladi.

Zavod 2014 yilda metro vagonlarini ta'mirlaş böyiça xalqaro sertifikatga ega bölgan. Bu yönalişda korxona mutaxassislari tomonidan bir qator izlanişlar olib borildi. Jumladan, eski metro vagonlari tubdan ta'mirlanib, yangi dizayn asosida özgaça qiyofaga olib kelindi. Buning natijasida «Toşkent metropoliteni» unitar korxonasi zamonaviy, keng va yoruğ metro vagonlariga ega böldi.
2018 yilda temiryölçilar tomonidan 6 ta metro poyezdi (24 ta vagon) yangidan modernizatsiya qilindi va foydalanişga topşirildi. Joriy yilda 7 ta ana şunday poyezdni (28 ta vagon) tubdan ta'mirlaş rejalaştirilgan bölib, ayni kunlarda 1 ta tarkib (4 vagon) şay holatda va metropolitenda sinovdan ötkazilmoqda. Eng muhimi yaroqlilik muddati tugagan vagonlar umri 15 yilga uzaytirilmoqda.
Metro vagonlarini modernizatsiya qiliş jarayonida işlatiladigan butlovçi qismlarning (vagon telejkalari va içki jihozlar) 30-40% uşbu zavodning özida işlab çiqarilmoqda. «Toşkent yölovçi vagonlarini quriş va ta'mirlaş zavodi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2014 yildan 2018 yilgaça bölgan davrda jami 14 ta metro poyezdi, ya'ni 56 ta vagon modernizatsiya qilindi.












