Markaziy Afrika Respublikasida rossiyalik jurnalistlar Örxon Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radçenkoning halok bölişi böyiça yangi tafsilotlar ma'lum böldi.
Hujumdan omon qolgan haydovçiga asoslanib mahalliy Sorbeau news naşri xabar tarqatişiça, hujum qiluvçilar marhumlar bilan bir tilda sözlaşişgan.
Haydovçining qayd etişiça, qotillar na fransuz tilida va na sango tilida (Markaziy Afrika Respublikasining rasmiy davlat tili) gapirgandi.
Haydovçining sözlariga köra, hujum qilganlarning yuzlari kapyuşonlar bilan tösilgandi.
Naşr ma'lumotiga köra, rossiyalik jurnalistlarning qotillari mahalliy qurolli guruhlarga mansub emasdi.
Şu vaqtda Palmarescentrafrique.com sayti öz manbalariga asoslangan holda jurnalistlar yölda töxtatilib, keyin olib qoçilgani va söroqdan keyin otib taşlangani haqida xabar bergandi. Naşr ma'lumotlariga köra, jurnalistlarni «Seleka» guruhi yetakçilaridan biri Nuriddin Adamning otryadi öğirlagan. Bu guruh jangarilari Sibut va Kaga-Bandoro örtasida joylaşgan Dekoa şahri atrofidagi hududlarni nazorat qiladi.
Dastlabki ma'lumotlarda hujumdan keyin omon qolgan haydovçi s'yomka guruhi yölda tuzoqqa duç kelgani va voqea joyida halok bölgani haqida ma'lumot bergandi.
«Tsentra upravleniya rassledovaniyami» medialoyihasi boş muharriri Andrey Konyaxin uşbu guruh Markaziy Afrika Respublikasiga asosan rus yollanma harbiylaridan tarkib topgan «Vagner» guruhi haqida hujjatli film oliş uçun borganini aytgandi.
Taniqli bloger va jurnalist Viktor Şenderoviç öz blogida uşbu jurnalistlar Kremlga yaqin bölgan «Vagner» guruhi buyurmasiga köra yöq qilingani haqida yozib çiqqandi.













