«Barselona» yarimhimoyaçisi Filippe Koutino klubni tark etişi mumkin.

Marca xabariga köra, kataloniyaliklar rahbariyati 26 yoşli futbolçining öyini yaxşilanmasa, uning transferi böyiça tuşgan takliflarni örganib çiqişga tayyor.

Koutino 2018 yili «Liverpul»dan «Barselona»ga 160 million yevro evaziga ötgan edi.

Joriy mavsumda u Primerada 20ta öyin ötkazib, 4ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan. Transfermarkt ma'lumotiga köra, futbolçining transfer qiymati 140 million yevroga teng.