Opera Android tizimidagi smartfonlarga özining VPN xizmatini joriy etdi. Xizmatdan hozirça beta-sinov qatnaşçilari foydalanişi mumkin bölib, keyinçalik u barçaga taqdim etiladi.
Foydalanuvçm VPN xizmatini brauzer sozlamalarida yoqişi mumkin — servis bepul hamda undan foydalaniş uçun heç qanday röyxatdan ötkaziş talab qilinmaydi. Opera foydalanuvçilarning serverlar orqali ötadigan ma'lumotlarini yiğmaslikka va'da bermoqda.
Opera ilgari brauzerdan alohida işlaydigan VPN-xizmatini işga tuşirgan, uşbu loyihasini 2018 yil aprelda heç qanday izohlarsiz töxtatgandi. Hozirda Opera özining desktop versiyalariga VPN örnatgan.












