Saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining qayliği Hadiça Dengiz marhumning hayoti, qilgan işlari va ölimi haqidagi kitobni naşr qildirdi. Rudaw telekanali xabariga köra, kitob taqdimoti Istanbuldagi turk-arab assotsiatsiyasida ötkazilgan.

«Jamol Qoşiqçi: Uning hayoti, kuraşi va sirlar» nomli bu kitobga Dengiz xonim özi olgan intervyularni, uning kundaligidan köçirmalarni, tergovning işçi xulosalari hamda arxiv suratlarni kiritgan.

228 sahifali kitob ingliz, turk va arab tillarida yozilgan. Kitobga turkiyalik jurnalistlar Mexmet Akif Ersoy va Sinan Onus hammualliflik qilişgan.

Öz kitobi taqdimotida Dengiz öz qayliği qotillari jazolanmaguniça xotirjam böla olmasligini aytib ötgan. Xususan, u AQŞ prezidenti Donald Tramp bu mojaroli iş böyiça pozitsiyasini özgartirişiga umid bildirgan. U mart oyida Vaşingtonga boriş rejasini ham aytib ötgan.

U bundan avvalroq Yevroparlament hamda AQŞ Kongressiga murojaat qilib, Qoşiqçining ölimi atrofidagi vaziyatni «sinçkovlik bilan örganiş»ni söragandi.