Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda ular rahbarlari faoliyatini aniq körsatkiçlarga erişiş samaradorligiga asoslangan baholaşning asosiy mezonlari töğrisida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Loyiha Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi «Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning strategik vazifalari amalga oşirilişi samaradorligi uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas'uliyatini oşirişga doir birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5644-son farmonining 3-band 3-xatboşisi va 4-band 3-xatboşisi ijrosini ta'minlaş maqsadida işlab çiqilgan.

Qaror loyihasi bilan ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda ular rahbarlari faoliyatini aniq körsatkiçlarga erişiş samaradorligiga asoslangan baholaşning asosiy mezonlari tasdiqlanadi.

Ijro etuvçi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyatining baholaş mezonlari eng avvalo, Özbekiston Respublikasi prezidentining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisga murojaatnomasi, 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi, Özbekiston Respublikasi prezidentining hududlarga taşrifi mobaynida berilgan topşiriqlar, qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlardan kelib çiqadigan muhim va ustuvor vazifalarni amalga oşirişga qaratilganligi belgilanadi.

Şu bilan birga, qaror bilan baholaş mezonlarini işlab çiqiş va tasdiqlaş tartibi tasdiqlanadi. Unga köra:

- ijro etuvçi hokimiyat organlari har yil yanvar oyining 10-sanasigaça qaror talablaridan kelib çiqqan holda, öz faoliyatining baholaş mezonlari böyiça takliflarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

- Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi organlari tomonidan taqdim etilgan baholaş mezonlarini iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va boşqa sohalarni strategik rivojlantirişning yaqin, örta va uzoq muddatli istiqbolga möljallangan dasturlarini amalga oşirilişi natijadorligi jihatidan tanqidiy körib çiqadi;

- Vazirlar Mahkamasi baholaş mezonlarini tasdiqlaş böyiça vakolatli organ sifatida belgilanadi va uni tegişli me'yoriy hujjat bilan har yilning 20-fevraligaça tasdiqlaydi.

Şuningdek, loyihada ijro etuvçi organlarning baholaş mezoni yuzasidan tizimli monitoring va nazorat, jumladan Parlament nazorati örnatiladi. Xususan: