14 fevralda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Vazirlik huzuridagi “Ma'naviyat va ma'rifat” markazi hamda “Özbekkonsert” davlat muassasasi kömagida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536  yilligi munosabati bilan #BoburDay sayli bayram aksiyasi ötkazilişi rejalaştirilgan.

Mazkur aksiyada özini milliy qadriyatlarimizga daxldor deb biluvçi har bir fuqaro faol iştirok etiş uçun universitetga taşrif buyurişi va hududda örnatilgan buyuk siymo Bobur tavallud kuniga bağişlab tayyorlangan maxsus bannerlar, dekoratsiya va illyustratsiyalar atrofida suratga tuşib, öz iştiroki va munosabatini onlayn tizimda turli ijtimoiy tarmoqlarda aks ettirib borişi mumkin.

Aksiyada barça yurtdoşlarimiz jumladan, el sevgan taniqli san'atkorlar, kino va teatr aktyorlari, sportçilar, şuningdek, keng yoşlar ommasi faol iştirok etişi kutilmoqda.

Jahon trendlaridan biriga aylanib ulgurgan #BoburDay xeştegi mana bu yil ham Internet foydalanuvçilari örtasida yana bir bor uluğ allomaning hayoti va ijodini faol tarğib qilib, yoşlar öz tengdoşlari bilan dunyoning barça burçaklaridan turib mavzu atrofida muloqot qilişlari hamda fikr almaşişi uçun imkoniyat yaratmoqda. 

Şuningdek, saylda bir vaqtning özida barça ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvçilari öz postlarida #BoburDay xeştegini işlatgan holda qatnaşişlari mumkin.

#BoburDay sayli Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida 14 fevral kuni soat 9:00dan 18:00gaça bölgan vaqt oraliğida ötkaziladi.