Tilni nojöya işlatiş halokatga, qölni nojöya işlatiş esa jinoyatga yöliqtiradi. Biz uçun hayot-mamot masalasi sanalgan bola tarbiyasida sergaklik, oqillik va odilonalik muhim örin tutadi. Bir qaraşda mayda-çuydadek köringan kiçik kamçiliklar vaqti kelib katta muammolarni keltirib çiqarişi turgan gap. Tarbiya bilan boğliq har qanday muammoning tubida loqaydlik, befarqlik va mas'uliyatsizlik yotadi. Ota-onalar vaqt bemahal bekorçilikdan köça-köyda maqsadsiz yurgan farzandi bilan qiziqmasa, unga mehr bermasa, e'tibor qaratmasa,  bunday yoşlarning taqdiri ne keçadi? Axir farzand tarbiyaning asosini ota-onasidan oladi-ku! “Uning uydan çiqib ketayotganini ota-onasi körmadimikan?!” degan savol tuğiladi beixtiyor. 

Kun sari kengayib borayotgan internet-kafelarda ösmir yoşlarning nima bilan maşğulligi nafaqat ota-onani, balki butun jamiyatni sergaklantirişi lozim. Çunki, ularning öynayotgan öyinlari vahşiylik, şafqatsizlik va jangarilikni tarğib qilmoqda. Tungi klublarda ham navqiron yigit-qizlarimizning telbanamo raqslari, giyohvandlik, içkilik ta'siridagi özaro bahs hamda tortişuvlari turli jinoyat va huquqbuzarliklarni keltirib çiqarmoqda. 

Yoşlar örtasida huquqbuzarliklarni kamaytiriş, voyaga yetmaganlar orasida ma'muriy va mayda bezoriliklarni barvaqt oldini oliş, harbiy xizmatdan qaytgan yoşlarning bandligini ta'minlaş maqsadida Özbekiston yoşlar ittifoqi taşabbusi bilan har oyning oxirgi 10 kunligida hududlarda “Barçasi öz qölingda” şiori ostida tarğibot dekadasi ötkazilmoqda. Mazkur dekadaga Içki işlar organlari va Milliy gvardiya mas'ul xodimlari, tuman (şahar)lardan şakllantirilgan 1 750 nafar tarğibotçi yoşlar hamda 7  600 nafar köngilli yoşlardan iborat “Fidokor yoşlar” patrul guruhlari iştirokida 197 marotaba tungi reyd ötkazildi. 87 ta ta'lim muassasasida “Öquvçi”, “Tiğ” profilaktik tadbirlari taşkil etilib, 780 nafar voyaga yetmagan va ularning ota-onalari bilan tuşuntiriş işlari olib borildi. 120 nafar yoş ta'limga qaytarilib, 34 nafar farzandlarining ta'lim olişiga tösqinlik qilgan ota-onalarga ma'muriy bayonnomalar tuzildi.

Tarğibot dekadasi doirasida tarbiyasi oğir va jinoyat sodir etişga moyil bölgan 93 nafarga yaqin yoşlar bilan yakka tartibda suhbatlar uyuştirilib, ular  tibbiy körikdan ötkazildi.

Mahallalardagi 530 nafar jinoyat sodir etişga moyil bölgan va tarbiyasi oğir yoşlar iştirokida joylarda 156 marotaba “street sport”, “workout” sport musobaqalari ötkazildi, hududlardagi 92 ta harbiy qismlarda harbiy askarlar bilan uçraşuvlari taşkil etildi.