Qişloq xöjalik sohasidagi atoqli olim, sobiq Özbekiston Qişloq xöjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a'zosi Sulton Alimuhamedov 2019 yil 11 fevralda 90 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ma'lum qildi.
Sulton Alimuhamedov 1929 yil 1 yanvarda Toşkent şahrida tuğilgan. 1950 yili Toşkent qişloq xöjaligi institutini (hozirgi Toşkent davlat agrar universiteti) tugatib, uşbu institut aspiranturasida tahsil oldi. Dastlab nomzodlik, keyinçalik doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi köp yillik xizmatlari uçun 1991 yilda Özbekiston Qişloq xöjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a'zosi etib saylandi.
Iste'dodli olim özining 70 yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toşkent qişloq xöjaligi instituti dotsenti, kafedra mudiri, Özbekiston ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimlarida samarali mehnat qildi va yurtimizda ösimliklarni himoya qiliş sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etiş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaşga munosib hissa qöşdi.
Sulton Alimuhamedovning dolzarb mavzulardagi köplab ilmiy maqolalari, kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxşi ma'lum.
Uzoq yillar davomida köplab yoşlarga saboq bergan Sulton Alimuhamedovning bevosita rahbarligida önlab fan nomzodlari va doktorlari tayyorlangan. Jonkuyar olimning Özbekiston ilm-fanini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlanib, u «Hurmat belgisi» ordeni bilan mukofotlangan edi.








