“Özagrotexsanoatxolding” AJ Avstriyaning “AVL” kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy elektrotraktorlar işlab çiqarişni yölga qöyadi. Bu haqida 12 fevral kuni ikki kompaniya vakillari örtasida bölib ötgan uçraşuvda ma'lum qilindi.

Uçraşuvda “Özagrotexsanoatxolding” AJ tarkibidagi tizim korxonalar tomonidan işlab çiqarilayotgan 100 ot kuçigaça bölgan traktorlarni töliq elektrlaştiriş böyiça muzokaralar olib borildi. Unga köra, 2019 yil yakunigaça “AVL” kompaniyasi yangi elektrotraktorlarning konseptual loyihalarini tayyorlaydi. Ilk namunalar esa “Özagrotexsanoatxolding” AJ tarkibidagi tizim korxonalar tomonidan 2021 yilda işlab çiqariladi.

“Bunday zamonaviy traktor modellari 180 kvli elektrodvigatellarga ega böladi va deyarli şovqin çiqarmaydi. Şu bilan birga ularni ta'mirlaş juda oson böladi. Yana bir ahamiyatli jihati şundaki, bunday zamonaviy elektrotraktorlardan foydalaniş fermerlar va dehqonlarning yoqilği hamda ehtiyot qismlari uçun katta mablağ sarflaşlarining oldini oladi”, – deydi “Özagrotexsanoatxolding” AJ boşqaruvi raisi Muxtor Karimov.










