Rossiyaning Kemerovo oblasti hududidagi 3ta şaharda - Prokopevsk, Kiselevsk va Leninsk-Kuznetskda qora qor yoqqan.

«Interfaks» xabariga köra, hudud prokuraturasi mahalliy naşrlarda foydali qazilmalar qayta işlanadigan «Prokopevskaya» fabrikasidan kömir kukunlari çiqarib taşlangani haqida tarqalgan xabar ortidan tekşiruv boşlagan.

Kemerovo oblasti gubernatori örinbosari Andrey Panov ifloslaniş sababi buğ qozonlari bölişi ham mumkinligini aytib ötgan. «Vedomosti» şaharlar köçalari qora qor bilan qoplangandan keyin qanday manzara yuzaga kelgani tasvirlangan suratlarni keltirgan.