O‘zbekiston | 14:53 / 16.02.2019
33346
1 daqiqa o‘qiladi

Hukumat qarori: O‘zbekistonda Akfa universiteti tashkil etiladi

Foto: AKFA Medline

Akfa universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda

Qaror bilan tashkil etilgan Akfa universitetda fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. 

Universitet mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta'lim tashkiloti hisoblanadi. 

Universitetda ta'lim jarayoni ingliz tilida yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi va qoidalari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari Universitet tomonidan belgilanadi.  

Universitetda ta'lim olish to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, Universitet bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma'lumot sifatida e'tirof etiladigan diplom beriladi.

Mavzuga oid