2019 yil 13 fevral kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vazirlik rahbari Şerzod Kudbiyevning Alshaya Group (Kuvayt) ijroçi direktori Muhammad Aş Şay bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuvning asosiy mavzusiga Alshaya Group kompaniyasi tarkibiy bölinmalarida Özbekiston fuqarolarini işga joylaştiriş istiqbollarini muhokama qiliş aylandi.

Alshaya Group dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bölib, u yetti sohada 4000dan ortiq dökonlarni boşqaradi. Kompaniya dunyoning 120 mamlakatidan 53 mingdan ortiq kişini iş bilan ta'minlaydi. Alshaya Group Yaqin şarq, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Qozoğiston va Yevropaning bir qança mamlakatlarida Starbucks, H&M, Mothercare, Debenhams, American Eagle Outfitters, P.F. Çanğs, The Cheesecake Factory, Victoria’s Secret, Boots, Pottery Barn, KidZ kabi brendlar franşizasini boşqaradi.
Uçraşuv doirasida Alshaya Group hamda Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi örtasida memorandum imzolandi. U Özbekiston fuqarolarini mazkur korxonada işga joylaştiriş istiqbollarini oçib beradi.













