Toşkent şahar hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça  örinbosari Davron Hidoyatov joriy yilda Toşkent metropolitenining 14ta yangi bekati foydalanişga topşirilişini aytdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

«Yunusobod tumanida qurilayotgan yerosti metrosining ikkita bekati işga tuşadi. Şuningdek, yerusti Yaşnobod metro yönalişi ham foydalanişga topşiriladi. Bu yönalişda 12ta bekat işga tuşadi», — deydi hokim örinbosari. 

Toşkent şahrida metropolitenga boğliq uçta loyiha amalga oşirilmoqda — Sergeli, Yunusobod yönalişidagi quriliş hamda metro xalqa yölini barpo etiş işlari. 2017 yili hukumat metropolitenning Yunusobod yönalişida yakunlanmay qolgan işlarni tugatişga qaror qildi. Uşbu yönalişda qurilişi nazarda tutilgan liniyaning uzunligi 2,9 kmni taşkil etadi. 

Bundan taşqari, umumiy uzunligi 52,1 kmni taşkil etuvçi yerusti metro xalqa yöli (MXY) ham qurilmoqda. MXYda harakatlanişning örtaça tezligi 60 km/s, umumiy liniyani bosib ötiş uçun 1 soat-u 10 daqiqa talab etişi kutilmoqda.