Joriy yilning yanvar oyida Özbekiston Respublikasida jami 2486,3 mlrd. söm qiymatidagi quriliş işlari bajarilgan bölib, ösiş sur'ati ötgan yilning mos davriga nisbatan 104,9 foizni taşkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.

Yirik pudrat taşkilotlari tomonidan jami quriliş işlari hajmidan 398,2 mlrd.söm quriliş işlari bajarilib, jami quriliş işlari hajmidagi ularning uluşi 16,0 foizni, hamda ötgan yilning mos davriga nisbatan 112,2 foizni taşkil etdi.

Kiçik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga jami quriliş işlari hajmining 53,7 foizi yoki 1334,5 mlrd.söm töğri keldi va ötgan yilning mos davriga nisbatan 111,7 foizni taşkil etdi, norasmiy sektor hissasiga esa 30,3 foiz yoki 753,6 mlrd.söm töğri keldi. Norasmiy sektorning quriliş işlaridagi uluşi ötgan yilning mos davriga nisbatan 90,8 foizni taşkil etdi. Ya'ni yirik pudratçi korxonalar, kiçik korxona va mikrofirmalarning faoliyati ösiş bilan, norasmiy sektorning qurilişdagi uluşi pasayib bormoqda.

2019 yil 1 yanvardan yangi Xususiy tadbirkorlar yuridik şaxs taşkil etmasdan şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxati kuçga kirgandi. Unga muvofiq, YaTT tomonidan quriliş materiallari, sement, şifer, yoğoç va yoğoç mahsulotlari sotilişiga taqiq joriy etilgan.Şuningdek, ular alyuminiy (plastik) profildan eşik, deraza va boşqa buyumlar tayyorlaş; vitraj işlari bilan şuğullanişi taqiqlangan.

Davlat xizmatlari markazlari röyxatdan çiqarilayotgan faoliyat turlari bilan şuğullanayotgan YaTTga boşqa taşkiliy-huquqiy şakllarga qayta röyxatdan ötişlarida kömaklaşişi belgilangandi. Körinib turibdiki, statistika ma'lumotlarida bu aks etmoqda. 

Qömita ma'lumotiga köra, iqtisodiy faoliyat turlari böyiça quriliş işlarining asosiy qismi quriliş loyihalarini işlab çiqiş, turar joy va yaşaş uçun möljallangan binolar quriş hamda yaşaş uçun möljallanmagan binolarni quriş böyiça amalga oşirilgan quriliş işlaridan taşkil topdi.

Ularning uluşi jami quriliş işlari hajmida 73,0 foizni taşkil etdi va ötgan yilning mos davridagi körsatkiçga nisbatan 1,7 foiz punktga kamaydi.

Fuqarolik qurilişi obektlarini quriş böyiça quriliş işlari hajmi joriy davrda 12,6 foizni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 0,4 foiz punktga köpaydi. Ixtisoslaştirilgan quriliş işlari hissasiga esa 14,4 foiz töğri keldi va ötgan yilning mos davridagi körsatkiçga nisbatan 1,3 foiz punktga köpaydi.