Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qaraşli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e'lon qildi. Unda 2019 yil yanvar oyi yakunlari böyiça dunyodagi mobil va simli internet tezligi haqida ma'lumotlar bor.

Servis reytingga önlab yangi davlatlarni qöşdi, şuning uçun köplab mamlakatlar, şu jumladan, Özbekistonning pozitsiyalari pasayib ketdi.

Mobil internet tezligi böyiça Özbekiston 137 davlat içida 129-örinni egalladi (8,80 Mbit/s). Simli internet tezligi böyiça mamlakat 177 poğonadan 131-örinni egalladi (11,31 Mbit/s).

Şu tariqa, Özbekiston reytingda mobil internet böyiça 18 poğonaga, simli internetda esa 23 öringa pastlagan. 

Islandiya mobil internet tezligi böyiça (73,93 Mbit/s), Singapur simli internet tezligi böyiça (197,94 Mbit/s) birinçi örinni egalladi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2018 yilning sentabr oyi boşida Facebook’dan foydalanişda muammolar yuzaga keldi, oktabr oyidan esa YouTube portaliga ham yordamçi vositalarsiz kirib bölmay qoldi.

Özbekiston mobil internet tezligi böyiça reytingda yanada pastladi