Jinoyat işlari böyiça Past Darğom tuman sudi tomonidan ozodliqdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan 17 nafar mahkum muddatidan oldin ozod qilindi.

Jumladan, mahkum N.E jinoyat kodeksining 73-moddasi (Jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş)ga asosan sud zalidan muddatidan oldin ozodlikka çiqdi.

Sud raisi Aziz Safarovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, qolgan 16 nafar mahbusning ötalmay qolgan jazosi xuddi şu muddatga axloq tuzatiş işi jazosi bilan almaştirildi. Misol uçun mahkum D.B.ga Karmana tuman sudining 2017 yil 26 aprel kunidagi hukmiga köra, Özbekiston Respublikasi JKning 168, 28, 211-moddalari tegişli bandlari bilan aybdor deb topilib, 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi. Unga belgilangan jazoning ötalmay qolgan 3 yil 7 oy 20 kunlik muddati axloq tuzatiş işi jazosi bilan almaştirildi.

Mahkumlar öz vaqtida firibgarlik, pora beriş, öğrilik, talonçilik kabi jinoyatlar sodir etgan. Ular jazoni ötaş vaqtida özini yaxşi tutgani, mehnatga halol munosabatda bölgani va qat'iy tuzaliş yöliga ötgani sabab muddatidan avval ozodlikka çiqarilgan.

Ma'lumot uçun, JKning 73-moddasiga köra, ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatga qöl urganlar belgilangan jazoning uçdan bir qismini, oğir jinoyat qilganlar, xususan qasddan jinoyat sodir etganlar belgilangan jazoning kamida yarmini, öta oğir jinoyat sodir etganlar esa sud hukm qilgan jazoning uçdan ikki qismini ötaganidan keyingina jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilinişi mumkin.