A Seriyaning 24-turidagi SPAL – «Fiorentina» öyini (1:4) VAR tizimi atrofidagi yana bir mojaroli vaziyat bilan yodda qoladigan böldi.
Öyinning 74-daqiqasida SPAL gol urib, 2:1 hisobida oldinga çiqib oldi. Ammo VAR referisi boş hakam Luka Perottoga murojaat qilib, uni videotakrorni kuzatişga çaqirdi. Töp kiritilişida heç qanday qoidabuzarlik bölmagani ayon edi, ammo hakam mezbonlar gol bilan yakun topgan qarşi hujumga ötişdan oldin öz jarima maydonlarida fol işlatişganini qayd etdi va golni bekor qilib, SPAL darvozasiga penalti belgiladi. Mehmonlar a'zosi 11 metrlik nuqtada adaşişmadi va tablodagi 2:1 hisobi örnini 1:2 egalladi.
天国から地獄。SPALの勝ち越しゴールかと思いきやその前のDFのチェックがVARになりフィオレンティーナがPK獲得→逆転!#SPAL #フィオレンティーナ #セリエA pic.twitter.com/VSiwSYKRrO
— Footidiota (@footidiota) 17 fevralya 2019 g.
Yetti daqiqa içida quyidagiça voqealar rivoji kuzatildi:
72:45. SPAL futbolçisi öz jarima maydonida qoidani buzdi.
73:20. SPAL qarşi hujumni gol bilan yakunladi.
74:55. Hakam VAR`ga murojaat qildi.
76:35. Hakam mezbonlar golini bekor qilib, ular darvozasiga penalti belgiladi.
78:16. «Fiorentina» futbolçisi penaltidan gol urdi.
Mehmonlar uşbu goldan söng yana ikkita töp kiritib, yakunda 4:1 hisobida ğalaba qozonişdi.











