Özbekistonda “Milliy futbol elektron platformasi” nomli axborot tizimi işlab çiqiladi.

21 avgustda imzolangan prezident qaroriga köra, platforma doirasida quyidagilar qamrab olinadi:

  • FIFA talablariga muvofiq stadionlardagi audio va videotasvirlarni bir nuqtaga uzatiş orqali futbol uçraşuvlarida video yordamçi hakam (VAR) tizimini yanada kengaytiriş;
  • futbol akademiya va maktablari, şu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari öquv maşğulotlarini onlayn nazorat qiliş, futbolçilarning tibbiy va jismoniy körsatkiçlarini monitoring qiliş hamda şaffof seleksiya tizimini joriy qiliş;
  • sohada amalga oşiriladigan loyihalarning konsepsiyalari, texnik-iqtisodiy parametrlari va boşqa loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini işlab çiqiş hamda belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan ötkaziş;
  • futbol akademiya va maktablari, şu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablarida xodim, trener va futbolçilar davomatini yuritiş, videokonferensaloqa tizimini taşkil etiş.

2026 yil 1 yanvardan boşlab:

  • futbol akademiya va maktablari, şu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari bosqiçma-bosqiç “Milliy futbol elektron platformasi”ga ulanadi;
  • tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining öquv maşğulotlarini onlayn kuzatiş, futbolçilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy körsatkiçlarini monitoring qiliş “Milliy futbol elektron platformasi” orqali amalga oşiriladi.

Futbol akademiya va maktablari 2026 yil 1 martga qadar Özbekiston futbolini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan şaxsni biometrik identifikatsiya qiliş imkoniyatiga ega planşetlar bilan ta’minlanadi.

2026 yil 1 aprelga qadar futbol akademiya va maktablari, şu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablarida öquv maşğulotlarini onlayn kuzatiş, futbolçilar seleksiyasi hamda ularning tibbiy va jismoniy körsatkiçlarini monitoring qiliş imkonini beruvçi maxsus dastur va mobil ilova işga tuşiriladi;

Şuningdek, Milliy futbol markazida:

  • iqtidorli futbolçilarni erta aniqlaş böyiça Raqamli futbol situatsion markazi taşkil etiladi hamda uning faoliyatiga tajribali murabbiylardan iborat tahlilçilar jalb etiladi;