Xalqaro moliya institutlari Özbekiston bilan hamkorlik qilişda Islom moliyalaştiriş instrumentlaridan foydalaniş imkoniyat va istiqbollarini örganayotganini bildirdi. Bu haqda Xalqaro moliya korporatsiyasining Özbekistondagi vakilligi rahbari Zafar Hoşimov 18 fevral kuni Toşkent şahrida bölib ötgan yiğilişda ma'lum qildi. 

«Biz, Jahon Banki guruhi tarkibiga kiruvçi taşkilot sifatida, Özbekistonda Islom moliyalaştiriş instrumentlaridan foydalaniş imkoniyatlarini örganib çiqmoqdamiz. Buning uçun jozibador loyihalarni örganib çiqiş, ularga mablağlarni jalb etiş masalasini köriş kerak», — deydi Zafar Hoşimov.  

Özbekiston 2019 yil fevraldan Islom taraqqiyot banki guruhiga tegişli bölgan Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini suğurtalaş islom korporatsiyasiga a'zo bölgandi. 
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti va tegişli ikki taşkilot qarorlari bilan Özbekiston Islom taraqqiyot banki guruhining barça taşkilotlariga a'zolikni qölga kiritdi.

2018 yil 9 oy yakunlari böyiça e'lon qilingan ma'lumotga köra, Islom taraqqiyot banki guruhi tomonidan  Özbekiston Respublikasidagi loyihalarni moliyalaştirişni boşlangandan söng jami portfel qiymati 1,9 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etgan. Şundan söng, Islom taraqqiyot banki va Özbekiston hukumati örtasida 2018-2021 yillar davomida 1,3 milliard dollar mablağ ajratiladigan Hamkorlik strategiyasi imzolangandi.