AQŞ Demokratik partiyasidan senator Berni Sanders 2020 yilgi AQŞ prezidenti saylovlarida iştirok etişini e'lon qildi. Sanders 2016 yilgi saylovlarda ham demokratlar nomidan iştirok etgan, biroq öşa kampaniyani partiya içidagi saylovlarda Xillari Klintonga yutqazib qöygan.
“Oq uyning hozirgi “egasi” mamlakatimiz uçun şarmandalik, deb hisoblayman. Öylaşimça, u irqçi, yolğonçi, ksenofob, arzon siyosiy ballar töplovçidir”, deb aytgan Sanders VPR radiostansiyasiga bergan intervyusida.
Sandersning aytişiça, u saylovlarda Donald Trampning örnini egallaş uçun iştirok etmoqçi. Nomzod hamma uçun hamyonbop soğliqni saqlaş tizimini kiritiş, eng kam iş haqi miqdorini oşiriş va davlat oliy ta'lim muassasalarida bepul oliy ta'limni joriy qilişga va'da bermoqda.

















