Yaqin vaqt içida Qirğiziston işçi guruhi Toşkentga Qambarota GES-1 böyiça muzokaralar ötkaziş maqsadida boradi. Bu haqda uşbu davlat parlamenti yiğilişida Sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalaniş davlat qömitasi raisi örinbosari Aytmamat Qodirboyev xabar qildi.

Uning sözlariga köra, işçi guruh 2018 yil oxirida taşkil etilgan. «Telefon orqali dastlabki muloqotlar bölib ötdi. Bu masalalar boş vazir birinçi örinbosari iştirokida muhokama qilindi», - dedi amaldor.

2017 yilda Özbekiston Respublikasi «Qambarota-1» GES qurilişi böyiça hamkorlik imkoniyatlarini körib çiqayotgani ma'lum bölgandi.

Norin daryosida Qambarota GES-1ni quriş loyihasi bir neça yildan beri töxtab qolgan. 1980-yillar oxirida 1860 megavatt quvvatga ega stansiya qurilişi rejalaştirilgan edi. Ammo öşa paytdan beri loyiha muzlatilgan holatda turibdi.

Sönggi bor «Qambarota-1» va GESning Yuqori Norin kaskadini quriş töğrisidagi bitimga 2012 yilda Qirğiziston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari örtasida erişilgan, öşanda har ikki obektni Rossiyaning «RusGidro»si quriş kerak edi. Biroq, 2016 yilda qirğiz tomonining taşabbusi bilan kelişuv rad etildi.