AQŞda Amerika davlat qarzini qisqartiriş uçun Kanadaga Montana ştatini sotib yuborişga çaqiruvçi petitsiya paydo böldi. Bu haqda The New York Post xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, sotiş taşabbuskori Yan Xammond sanaladi, u hududning bir qismini 1 trillion dollarga sotib yuborişni taklif qildi.
«Bizda juda köp qarzlar bor, Montana esa foyda keltirmayapti», - deyiladi petitsiyaning sahifasida.
Aniqlik kiritilişiça, hozirgi vaqtda taklif «juda katta e'tiborni öziga jalb qildi», 12 mingdan ziyod amerikalik uni qöllab-quvvatlaşi haqida bildirgan. Mamlakat hukumati bunday sotuvni taqiqlaydigan çora-tadbirlar ustida işlaşni boşladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ davlat qarzi 22 trln dollardan oşgandi.








