Niderlandiyalik mutaxassislar 300 mingta yangi galaktikani oçişdi. Bu haqda Niderlandiyaning radioastronomiya instituti ASTRON ma'lum qildi.
Bundan avvalroq yangi qurilma – past çastotali radiointerferometr işga tuşirilgandi. U 50 ta kuzatuv stansiyasida joylaşgan 20 mingta antenna yordamida Şimoliy yarimşar osmonining çorak qismini közdan keçirib çiqqan.
Mutaxassislar radiointerferometrdan olingan ma'lumotlarning 2 foizga yaqinini tahlil qilib, avval noma'lum bölgan taxminan 300 mingta galaktikani aniqlaşgan. Yangi uskuna yordamida yana qança kosmik obektni topiş mumkinligini hattoki prognoz qiliş qiyin.
Radiointerferometr, şuningdek, qora tuynuklar atrofini va galaktikalararo magnit maydonlarni örganiş imkonini beradi.

















