ÖFA mutaxassislari San'at Şaripov va Şarofiddin Hojiniyozov Portugaliyaning «Portu» klubi qarorgohiga borişdi.
ÖFA sayti xabariga köra, özbekistonliklar u yerda klub akademiyasi rahbari Mariya Teyşeyra bilan uçraşib, mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantiriş, futbolni ommalaştiriş masalalarini muhokama qilişdi. Muzokaralar natijasida yozda «Portu» klubi mamlakatimizda bolalar futbol oromgohini taşkil etişi böyiça kelişuvga erişildi.
Bu tijorat loyihasi hisoblanadi va «Portu» klubi oromgohi pullik asosda taşkil etiladi. Uning iştirokçilari bilan «Portu» klubi akademiyasidan keladigan murabbiylar turli master klass ötkazişadi. Şuningdek, ular har xil maşğulotlar taşkil etiladi va örtoqlik öyinlari ham ötkazilişi ham rejalaştirilgan.












