Wildberries internet-dökoni asosçilaridan biri va yagona egasi Tatyana Bakalçuk Rossiyada boyligi bir milliard dollardan ortiq bölgan ikkinçi ayolga aylandi. Bu haqda Forbes jurnali xabar bermoqda.

Forbes naşr tomonidan tayyorlangan, Rossiya internetidagi eng qimmat kompaniyalar reytingida Wildberries törtinçi örinni egallaganidan keyin Bakalçukning boyligini yangiça baholadi. Rossiyadagi eng yirik internet-dökon 1,2 milliard dollarga baholandi.

2018 yilda Tatyana Bakalçuk 600 million dollar bilan Forbes’ning Rossiyadagi eng boy odamlar reytingiga birinçi marta kiritilgandi.

Bundan oldin, jurnalga köra, Rossiyadagi yagona milliarder ayol Inteco Management rahbari hamda Moskva sobiq merining rafiqasi Yelena Baturina bölgan. Forbes hisob-kitoblariga köra, uning boyligi 1,2 milliard dollarni taşkil etadi.