Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Abrol Jabaroviç Vahobov Boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlandi. 

Abrol Vahobov 2016 yildan beri qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi. U 2008—2016 yillarda Vazirlar Mahkamasining Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va iste'mol tovarlari axborot-tahlil departamentining oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş şö'basiga rahbarlik qilgan.

Eslatib ötamiz, boş vazirning ikki maslahatçisi lavozimi Prezident Şavkat Mirziyoyevning yanvar oyi oxiridagi qarori bilan joriy etilgan edi. Xuddi öşa hujjat bilan boş vazir örinbosarlari soni sakkiz nafardan beş nafargaça qisqartirilgan.

Öşanda hukumat qarori bilan Alişer Sultanovga boş vazirning yoqilği-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi vazifasini bajariş yuklangandi.

Eslatib ötamiz, 2018 yil oktyabrida işdan böşatilgan Zoyir Mirzayev örniga Özbekiston boş prokurori Otabek Murodov Agrosanoat sohasiga vaqtinça mas'ul etib tayinlangandi.