Özbekiston Respublikasi Prezidentining «A.Vahobovni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği lavozimiga tayinlaş töğrisida»gi qarori imzolandi.

«Abrol Jabboroviç Vahobov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği lavozimiga tayinlansin», deyiladi qarorda.

Abrol Vahobov 2008—2016 yillarda Vazirlar Mahkamasining Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va iste'mol tovarlari axborot-tahlil departamentining oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş şö'basiga rahbarlik qilgan, 2016-2019 yillarda Qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan, 2019 yilning fevralidan buyon Özbekiston boş vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida işlab kelayotgandi.

Bundan avvalroq, Buxoro viloyatining sobiq hokimi Öktam Barnoyev Boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.