Hukumatning “Özbekiston Respublikasi boş vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari kotibiyati töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi boş vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisining funksional vazifalari töğrisidagi nizomga köra, boş vazir maslahatçisi Özbekiston Respublikasi prezidentiga va Özbekiston Respublikasining boş vaziriga hisobot beradi.
Boş vazir maslahatçisining faoliyati qişloq xöjaligini isloh qiliş va fermerlikni rivojlantiriş, yerdan oqilona foydalaniş, suv xöjaligi va suv xöjaligi qurilişi, çorvaçilik, parrandaçilik va baliqçilikni rivojlantiriş, oziq-ovqat sanoatini, savdo va pulli xizmatlar körsatişni rivojlantiriş masalalarini hal etiş böyiça takliflarning puxta işlab çiqilişi, ekspertizadan ötkazilişi hamda tayyorlanişini ta'minlaşga yönaltirilgan.
Boş vazir maslahatçisi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining a'zosi hisoblanadi. Boş vazir maslahatçisi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita iştirok etadi.
Boş vazir maslahatçisi Özbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelişilgan holda Özbekiston Respublikasining boş vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Boş vazir maslahatçisi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari kotibiyatiga bevosita rahbarlik qiladi va Kotibiyat mudiri mutaxassislarining işini taşkil qiladi.
Quyidagilar boş vazir maslahatçisi faoliyatining asosiy yönalişlari hisoblanadi;
vazirliklar, davlat qömitalari va davlat boşqaruvining boşqa organlari tomonidan Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar sörovlari, Özbekiston Respublikasi prezidentining hujjatlari va topşiriqlari sözsiz bajarilişini taşkil qiliş, şuningdek, joylardagi işlarning real holatini örganiş, agrar hamda oziq-ovqat sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qiliş asosida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oşirişga doir kompleks takliflar işlab çiqiş;
2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasi vazifalari, 2030 yilgaça Özbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş konsepsiyasini hamda örta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirişning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari öz vaqtida hamda samarali amalga oşirilişini ta'minlaş çora-tadbirlarini taşkil etiş;













