Moliya vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasining (XMK) Lotin Amerikasi va Karib dengizi, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça vitse-prezidenti Jorjina Beyker boşçiligidagi delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma'lumot uçun: Jahon banki Guruhi tarkibiga kiruvçi Xalqaro moliya korporatsiyasi rivojlanayotgan va ötiş iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda xususiy sektorga yönaltirilgan eng yirik global rivojlaniş taşkiloti hisoblanadi. XMK Özbekistonda 1993 yildan beri faoliyat yuritmoqda.
Jorjina Beyker samimiy qabul uçun öz minnatdorçiligini izhor etib, xalqaro bozorda katta talab bilan qayd etilgan suveren obligatsiyalar çiqarilişi bilan tabriklagan.
Uçraşuv davomida Davlat-xususiy şerikçiligini (DXŞ) rivojlantiriş, Özbekistonning uşbu yönalişda salohiyatini mustahkamlaş, şuningdek, raqobatbardoş va hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar muhokama qilindi. XMK vakillari bugungi kunda uşbu mavzu respublika uçun dolzarb ekanligini, qayta tiklanuvçi energetika sohasida taşabbuslarni amalga oşiriş va aholiga gemodializ bilan ta'minlaşni muvaffaqiyatli qöllab-quvvatladilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar Özbekistonda DXŞni rivojlantiriş böyiça treninglar va «davra suhbatlari» taşkil etiş töğrisida kelişdilar.
Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi maslahat va boşqa davlatlarda şunga öxşaş loyihalarni amalga oşirişda erişilgan katta tajriba asosida zarur yordam körsatişga tayyorligini bildirdi, deyiladi xabarda.













