«Özbekgidroenergo» AJ umumiy quvvati 46,6 MVt, yillik örtaça işlab çiqariş hajmi 179 mln kVt⋅soat va umumiy qiymati 106,9 mln dollar bölgan 5 ta - «Qizildaryo», «Suvlisoy», «Dukensoy», «Köksuv» va «Quyi Köksuv» GES loyihalarini investorlar (xususiy şerik) jalb qiliş maqsadida tenderga qöydi.

Qayd qilinişiça, bu Özbekistonda davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida quriladigan birinçi GES böladi.

DXŞ asosida qurilişi rejalaştirilgan inşootlarga Jahon banki tomonidan «Institutsional salohiyatni oşiriş» grant mablağlari hisobidan yuqori malakaga ega xorijiy maslahatçilar yöllangan.

Xususan, Synergy Infrastructure and Financial Advisory Services Inc moliyaviy maslahatçi, Dolsar Engineering texnik maslahatçi va UNICASE yuridik maslahatçi sifatida tender asosida tanlab olingan. Mazkur kompaniyalar loyiha hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş böyiça iş olib boradi.

Tender yagona lot orqali avgust oyida ötkaziladi. Bu esa loyihalarning amalga oşirilişini soddalaştirib, jarayonni optimallaştirişi va samaradorlik hamda şaffoflikni ta’minlaşi aytilmoqda.