Hindistonning Bangalor şahri şimolida ötayotgan Aero India-2019 aviaşou vaqtida çiqqan yonğin oqibatida 300 ga yaqin transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda 23 fevralda NDTV telekanali ma'lum qildi.  

Yonğin xalqaro aviaşou ötayotgan Yelaxanka aerodromi yonidagi avtoturargohda çiqqan. Yonğin oqibatida avtobus va yengil avtomobillardan tortib skuter va mototsikllargaça bölgan transport vositalarining kuli kökka sovurilgan. 

Politsiya xodimlarining taxminiça, yonğinga qurib yotgan öt ustiga taşlangan sigaret sabab bölgan. Kuçli şamol esa yonğinning tez tarqalişiga turtki bölgan.

Voqea joyiga 12 ta öt öçiriş maşinasi kelgan, vaziyatni baholaş uçun vertolyot jalb qilingan. Ayni vaqtda yonğin öçirilgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. 

Aviasalon işi vaqtinçalik töxtatilib, yonğin sabablarini aniqlaş maqsadida tergov boşlangan.