Xitoyning Huawei kompaniyasi MWC 2019 konferensiyasida Mate X buklama smartfonni taqdim etdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
Huawei Mate X qalinligi 5,4 millimetrli 8 dyuymli OLED-ekranga ega. Buklangan holda - bu umumiy qalinligi 11 millimetr, diagonali 6,6 va 6,38 dyuymli ikkita ekranli smartfon. Qurilma 5G tarmoqlari bilan işni qöllab-quvvatlaydi. Smartfon 4500 milliamper-soatlik akkumulyatorga ega.
Huawei Mate X’ni 2019 yil örtalarida 512 gigabaytlik içki xotira va 8 gigabayt operativ xotiraga ega model uçun 2607 dollar narxda sotişni rejalaştirmoqda.
Huawei Mate X smartfonini içki ekran diagonali 7,3 dyuym va taşqida diagonali 4,6 dyuym bölgan Samsung Galaxy Fold buklama smartfon taqdimotidan bir hafta ötib namoyiş etdi. Qurilmaning qalinligi - 17 millimetr, kengaytirilgan şaklda - 6,9 millimetr. Galaxy Fold’ni 26 aprel kuni 1980 dollarlik narxda sotiş boşlanadi.












