Buxoroda ötkazilgan Ziyorat turizmi böyiça I Xalqaro forum öz işini yakunladi. Mazkur forum Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mamlakatning xalqaro maydondagi ziyorat turizmi böyiça mavqeini oşiriş maqsadida ötkazildi. Tadbir Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari qömitasi, Özbekiston musulmonlar idorasi, "Vaqf" xayriya jamğarmasi, Taşqi işlar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, ISESCO (Ta'lim, ilm-fan va madaniyat böyiça islom taşkiloti) va UNWTO (Butunjahon turistik taşkiloti) hamkorligida taşkil etildi.

Ikki tomonlama uçraşuvlar

Ziyorat turizmi böyiça I Xalqaro forum doirasida Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov xorijiy mutaxassislar bilan qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi. Jumladan, Tatariston Respublikasi Boş vazir örinbosari Vasil Şayxraziyev, Dehli markaziy masjidi boş imomi Said Buxoriy, Misr Vakillik palatasining Ijtimoiy hamdardlik, oila va nogironlar qömitasi raisi Abdulhadiy Al-Kasabiy, MATTA (Malayziya turistik kompaniyalar va turoperatorlar uyuşmasi) vitse-prezidenti Oqil Yusuf, Gunadarma universiteti reaktori, Özbekistonning Indoneziyadagi turistik brend elçisi Eko Şri Margianti va Tri Ways Traveland Tour (Singapur) xalqaro kompaniyasi boş menejyeri Ahmad Hamid bilan muzokaralar ötkazildi.
Ikki tomonlama uçraşuvlar davomida mamlakatning turistik imkoniyatlari va salohiyati tarğibotiga yönaltirilgan hamkorlik masalalari va qöşma loyihalar muhokama qilindi. Şuningdek Özbekistonning islom olamida ziyorat turizmining eng yirik markazlaridan biri sifatida xalqaro e'tirof etilişi masalasiga urğu berildi.
"Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abdulxoliq Ğijduvoniy, Bahouddin Naqşband, Burhoniddin Marğinoniy kabi islom dini rivojiga ulkan hissa qöşgan buyuk allomalar, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamaxşariy, Mirzo Uluğbek, Ali Quşçi kabi jahon ilm-fani tarixida öçmas iz qoldirgan olim va mutafakkirlarning vatani sifatida Özbekiston zamini butun dunyodan islom sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida sayyohlarni çorlab kelmoqda. Sözimizning yaqqol dalili sifatida bir neça asrlardan buyon islom madaniyati poytaxti sifatida namoyon bölib kelgan “Qubbatul Islom” - Buxoro şahri Islom hamkorligi taşkiloti Ta'lim, fan va madaniyat masalalari böyiça Islom taşkiloti (ISESCO) tomonidan Buxoro boşqa şaharlar qatorida Islom madaniyatining poytaxti deb e'lon qilinganligini ta'kidlaş joiz", - dedi Boş vazir örinbosari.




















