Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş böyiça asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda ötgan yili turizm xizmatlari eksporti 3,5 milliard dollar bölgani, lekin, bu imkoniyatlarimizga mos emasligi qayd etildi.
Masalan, Malayziya va Indoneziyada 7 millionga yaqin Naqşbandiya tariqati izdoşlari bor. Ular Umraga borişdan oldin ziyoratgohlarimizga sayohat qilişni istaydi. Bu sayyohlarni Kuala-Lumpur yoki Jakartadan Samarqand va Buxoroga kamida 2 kunga olib kelib, keyin özimizni samolyotda Umraga yuboriş uçun barça şaroitlar mavjud. Mutasaddilarga Malayziya va Indoneziya ziyoratçilari uçun “Umra plyus” turpaketini yölga qöyiş topşirildi.
Şahrisabzda “Oqsaroy”, Xivada “Içan qal’a”, Buxoroda “Labi hovuz”, Toşkentda “Yangi Özbekiston” maydonlari bölsa-da, ularda konsert, körgazma, forumlar ötkaziş böyiça reja qilinmagani körsatib ötildi. Özimizdagi 6 ta turistik markazda xalqaro darajadagi san’atkorlarning konsertlari taşkil qilinsa, mehmonxona, restoran, kafe, savdo va xizmat körsatiş obektlari sayyohlar bilan tölişi ta’kidlandi.
Şu munosabat bilan mutasaddilarga kamida 1 million turistni olib keladigan konsert, biznes forumi va körgazmalar ötkaziş dasturini işlab çiqiş topşirildi.
Şuningdek, töliq örganilmagan tarixiy obektlar juda köpligini inobatga olib, olimlar bilan birgalikda jozibador tarixiy obektlarni aniqlaş va restavratsiya qiliş böyiça uç yillik dastur işlab çiqiş topşirildi.












