Samarqand xalqaro turizm va madaniy meros universitetida uşbu tadbirga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda qayd etilişiça, ziyorat turizmi haftaligini ötkazişdan maqsad Özbekistonni jahon sivilizatsiyasining muhim diniy uçoqlaridan biri sifatidagi imijini mustahkamlaş, respublikada ziyorat turizmining ulkan salohiyatini yanada ommalaştiriş, sayohat sanoatining uşbu qismida xizmat körsatişni diversifikatsiya qiliş, ziyorat turizmi eksporti hajmini oşirişdir.

Tadbirda qayd etilişiça, 2022 yilning dastlabki uç çoragi mobaynida Özbekistonga taşrif buyurgan xorijiy turistlarning soni 3,6 million nafardan oşgan.

«Turizm iqtisodiy rivojlanişimizning asosiy yetaklovçi kuçi sifatida e’lon qilingaç, mamlakatimizda uşbu sohada barça yönalişlarda barqaror rivojlanişga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi. Unikal tarixiy salohiyatdan kelib çiqib, ziyorat turizmining jozibadorligini oşirişga alohida urğu qaratildi. Xizmatdan foydalanuvçilarning manfaat va qiziqişlarini hisobga olib, zarur infratuzilmani takomillaştiriş bilan birga, turistik salohiyatning uşbu yönalişini Özbekistonda va xorijda ommalaştiriş uçun katta işlar qilindi», — dedi Turizm va madaniy meros vaziri maslahatçisi Temur Mirzayev.

Uşbu yönalişda kompleks çora-tadbirlar öz natijalarini berdi. Ziyorat turizmi böyiça jahon reytingida Özbekiston sönggi yillar içida 34-örindan 9-öringa kötarilib oldi.

Matbuot anjumanida aytilişiça, respublikamizda mavjud 8 mingdan ziyod madaniy meros obektlaridan 1257 tasi ziyoratgohlar hisoblanadi. Ularning 1183 tasi islom, 57 tasi nasroniy diniga taalluqli. Şuningdek 9 ta buddizm va 8 ta iudaizmga oid ziyoratgohlar ham bor.

«Özbekiston qadimdan madaniyatlar va dinlar kesişgan çorraha bölgan. Şu sababli ziyorat turizmi haftaligi tadbirlariga mamlakatimizdagi barça konfessiya va milliy madaniyat markazlari vakillari taklif etilgan», —  dedi Samarqand viloyat hokimi örinbosari Rustam Qobilov.

Ziyorat turizmi haftaligi doirasida Samarqandda «Zamonaviy islom arxitekturasi» körgazmasi, Islom amaliy san’at festivali, «Movarounnahrda kitobçilik madaniyati» yarmarkasi, «Markaziy Osiyo — islom san’ati markazi» xalqaro forumi ötkaziladi.