Fayzullajon Qosimov Farğona viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda ÖzA.
26 fevral kuni Xalq deputatlari Farğona viloyat, şahar va tuman kengaşlarining qöşma sessiyasida viloyat hokimining bu boradagi qarori deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini bitiruvçisi Fayzullajon Qosimov Farğona viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş boş boşqarmasi boşliği, viloyat fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça kengaş raisining diniy-ma'rifiy masalalar böyiça örinbosari, Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Kam ta'minlangan oilalarga nafaqalar tölanişini monitoring qiliş boşqarmasi boşliği örinbosari kabi vazifalarda işlagan.
Bundan avval, Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça yangi örinbosari lavozimga tayinlangani xabar qiingandi.
Yoşlar ittifoqi raisining Taşkiliy-kadrlar masalalari böyiça örinbosari Ötkirbek Şukurov esa faoliyatini Andijon viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida davom ettirişi ma'lum qilingan.












