«Lester» klubida rasman murabbiy özgardi. «Tulkilar» fransiyalik Klod Pyuelni iste'foga çiqarişgandi. Bugun şimoliy irlandiyalik Brendan Rojers «Lester»ning yangi boş murabbiyi sifatida taniştirildi.

2016 yildan buyon Şotlandiyaning «Seltik» klubida işlab kelayotgan murabbiy Angliyaga qaytiş uçun amaldagi klubi bilan şartnomasini bekor qildi. Rojers «Lester» bilan 2022 yil yozgaça amal qiladigan şartnomaga imzo çekkan.

Rojers murabbiylik faoliyati davomida Angliyaning «Livurpul», «Suonsi», «Uotford» kabi jamoalarida ham işlagan. Murabbiy ayni damda davom etayotgan «Lester» - «Brayton» öyinini stadiondan kuzatmoqda.