Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Manchester Siti» safarda «Lester»ni mag‘lub etdi (turnir jadvali)
Angliya Premer-ligasi 27-turi doirasidagi yana bir markaziy o‘yinda turnir jadvalida 2-3-o‘rinlarni egallab turgan «Lester» va «Manchester Siti» klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvning 62-daqiqasida VAR tizimi orqali belgilangan penaltidan Aguero foydalana olmagan bo‘lsa, 77-daqiqada aynan Serxioning o‘rniga maydonga tushgan Gabriel Jyezus uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Shmeyxel darvozasini ishg‘ol etdi – 0:1.
Ushbu g‘alabadan keyin Gvardiola jamoasi turnir jadvalidagi ochkolari sonini 57taga yetkazib, 3-o‘rindagi eng yaqin ta'qibchilari sanalmish «Lester» bilan oradagi farqni 7 ochkoga yetkazishdi.
APL. 27-tur. 22 fevral
Lester – Manchester Siti 0:1
Gol: 0:1 – 80 Gabriel Jyezus.
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Fuks, Evans, Chiluell, Prat, Meddison, Tilemans, Seyundjyu, Ixeanacho (Barns, 46), Vardi.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Mendi, Laport (Otamendi, 58), Fernandino, Rodri Ernandes, Gundo‘g‘an, Bernardu Silva, de Bryuyne, Mahrez, Aguero (Gabriel Jyezus, 77).

Mavzuga oid
18:11 / 03.06.2026
Abduqodir Husanov APLda transfer narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligiga kirdi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
15:56 / 22.05.2026
«Ketishim sababini so‘ramang». Gvardiola «Siti» bilan xayrlashdi
02:16 / 20.05.2026