APL 10-turining ilk öyini yakunlandi. Öz maydonida «Lester»ni qabul qilgan «Sauthempton» 0:9 hisobida imkoniyatni boy berdi. Öyinning 12-daqiqasida «avliyolar» himoyaçisi Rayan Bertrand qizil kartoçka olib maydonni tark etdi. Bu esa öyinga öz ta'sirini körsatdi.

Jyeymi Vardi va Ayose Pereslar het-trik qayd etgan bölişsa, Jyeyms Meddison, Yuri Tilemans, Ben Çilvellar bittadan gol urişdi. Bu ğalabadan söng oçkolari sonini 20 taga yetkazib olgan «Lester» 2-öringa kötarildi. «Sauthempton» esa «xavfli hudud»ga tuşib ketdi.

Bu öyindagi gollar şousi sabab «Lester» APLning joriy mavsumida urilgan gollar soni böyiça «Liverpul»ni ortda qoldirib, ikkinçi öringa kötarildi. «Lester»ning gollari soni 25 ta bölsa, «Mançester Siti»da 29 ta.

APL. 10-tur
Sauthempton – Lester 0:9

Gollar: Çiluell (10), Tilemans (17), Peres (19, 39, 57), Vardi (45, 58, 90+4, penalti), Meddison (85).
Sauthempton: Gann, Bertran, Bednarek, Vestergor (Danzo, 46), Valeri (Armstrong, 70), Uord-Prouz, Xeyberg, Redmond, Romeu, Yoşida, Ingz (Stivens, 46).
Lester: Şmeyxel, Evans, Çiluell, Seyundjyu, Rikardu Pereyra, Barns (Olbrayton, 72), Ndidi, Tilemans, Meddison, Peres (Grey, 74), Vardi.
Çetlatiş: Bertran (12).